My Skin AI – Yordam

Ilova: My Skin AI (uz.realbeauty.app) · Real Beauty

Savolingiz, taklifingiz yoki muammoyingiz bo'lsa — yozing. Odatda bir ish kuni ichida javob beramiz.

E-pochta: navrozbekbektemirov7@gmail.com
E-pochta: navruzbekbektemirov@icloud.com

Tezroq yordam berishimiz uchun xatingizda telefon modeli, iOS yoki Android versiyasi va muammo qanday yuz berganini yozib qoldiring.

Ko'p so'raladigan savollar

Hisobimni qanday o'chiraman?
Ilovada: Profil → Hisob → Hisobni o'chirish. Hisob va unga bog'liq barcha ma'lumot butunlay o'chiriladi. Ilovasiz o'chirish uchun shu sahifadan foydalaning.
Parolimni unutdim.
Kirish ekranidagi «Parolni unutdingizmi?» tugmasini bosing va e-pochtangizni kiriting — tiklash havolasi yuboriladi. Agar Apple yoki Google orqali kirgan bo'lsangiz, sizda bizning parolimiz yo'q: o'sha tugma orqali kiring.
Tasdiqlash xati kelmadi.
Spam papkasini tekshiring. Xat realbeauty.uz nomidan keladi. Baribir kelmasa, bizga yozing.
Skanerlangan suratlarim qayerda saqlanadi?
Hech qayerda. Surat telefoningizning o'zida qayta ishlanadi va serverga yuborilmaydi — ilovada surat yuklash imkoniyati umuman yo'q. Batafsil: Maxfiylik siyosati.

Maxfiylik siyosati · Hisobni o'chirish